Karvonsaroy

Qirg‘iz migrantlari rossiyalik ish beruvchilarning maosh to‘lamaganidan shikoyat qilmoqda

Karvonsaroy

MOSKVA – Yuzlab qirg‘iz migrantlari Qirg‘iziston davlat migratsiya xizmatiga rossiyalik ish beruvchilarning yil boshidan beri maosh to‘lamayotganidan shikoyat qilib ariza berganlar. Bu haqda 14-sentabr, juma kuni 24.kg nashri idora press-reliziga asoslanib xabar berdi.

Idoraning Rossiyadagi ofisi joriy yilda jami 1786 ta ariza qabul qilgan, ulardan 551 tasi to‘lanmagan maoshlarga taalluqli bo‘lgan.

Arizalardan 321 tasi Rossiya tergov qo‘mitasiga yo‘naltirgan va Rossiya hukumati katta qarzi bo‘lgan ish beruvchilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agan, deyiladi bayonotda.

“Davlat migratsiya xizmati yordamida maoshlarini ololmayotgan ishchilarga jami 43,5 million rubl (640 ming AQSH dollari) pul to‘landi”, deb xabar beradi Davlat migratsiya xizmati.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500