Karvonsaroy

Toshkent Markaziy Osiyo transport anjumaniga mezbonlik qiladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 20-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo transport yo‘laklari mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston milliy axborot agentligi 14-sentabr, juma kuni.

Tadbirda 50 mamlakatdan kelgan 340 dan ortiq mehmon ishtirok etadi. Anjuman “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” deb nomlanadi.

Konferensiyada xalqaro moliyaviy institutlar, savdo-transport birlashmalari va yuk tashuvchi kompaniyalar bilan transport yo‘laklarini barpo etish va takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Anjumanda mintaqadagi yangi yo‘laklar, xalqaro yuk tashuvchilar uchun bojxona va chegara jarayonlarini takomillashtirish, mutaxassislarni o‘qitish, temiryo‘l orqali yuk tashish narxlarini tartibga solish hamda IT, marketing va raqamli xizmatlarni joriy etish kabi mavzular ko‘rib chiqiladi.

Tadbir ishtirokchilari memorandum va boshqa shartnomalarni imzolaydilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500