Karvonsaroy

Tojikiston va O‘zbekiston So‘g‘dda hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

Karvonsaroy

SO‘G‘D VILOYATI, Tojikiston – Tojikiston va O‘zbekiston askarlari 18-22-sentyabr, seshanbadan shanbagacha So‘g‘d viloyatida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Asia-Plus nashri 17-sentyabr, dushanba kuni.

Bu ikki mamlakat 1991-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqilligini e’lon qilganidan keyin o‘tkazilgan ilk harbiy mashg‘ulotlar bo‘ladi.

100 ga yaqin o‘zbek askarlari va ular ixtiyoridagi harbiy texnika So‘g‘d viloyatiga allaqachon yetib borgan. Ularga 500 dan ortiq tojik askarlari qo‘shiladi.

Tojikiston hukumati manbasining aytishicha, mashg‘ulotlar xalqaro terrorchi guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikka qaratiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500