YXHT qozog‘istonlik mutaxassislarga terrorizmning moliyaviy manbalariga qarshi kurashni o‘rgatmoqda

Karvonsaroy

OLMAOTA – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) 17-18-sentabr kunlari Olmaota shahrida qozog‘istonlik mutaxassislar uchun terrorizmni moliyalashtirish va pul yuvishga qarshi kurashga bag‘ishlangan seminarni tashkil etdi.

YXHT dasturlarining Ostonadagi idorasi tomonidan Qozog‘iston Milliy banki va AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Milliy bank, Moliyaviy monitoring qo‘mitasi va ikkinchi darajali banklarning 80 nafar xodimi ishtirok etdi.

Avstriya, Niderlandiya va AQSHlik mutaxassislar trening ishtirokchilarga moliyaviy institutlarning xavflar asosidagi nazoratini amalga oshirish, shuningdek, “mijozlarning masofaviy identifikatsiyasi bilan bog‘liq xatarlarni baholash” mexanizmlarini tushuntirdilar, deyiladi sayt xabarida.

Ishtirokchilar kiberjinoyatga oid holatlarni tergov qilish va dalillar to‘plashga oid ilg‘or tajriba, shuningdek, axborot xavfsizligi, jumladan, Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi umumiy Nizomiga rioya qilish masalalarini muhokama etdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha