Karvonsaroy

O‘zbek rasmiylari Missisipidan kelgan AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi

Karvonsaroy

TOSHKENT– Missisipidan tashrif buyurgan AQSH delegatsiyasi 19-sentabr, chorshanba kuni o‘zbek rasmiylari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi generali Jenson Boylz rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham ishtirok etdi.

Tomonlar AQSH-O‘zbekiston hamkorligining kengayishi doirasida O‘zbekiston va Missisipi shtati o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar.

Jenson Boylz suhbat chog‘ida Missisipi shtati Milliy gvardiyasi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari mavzusini ham tilga olgan.

AQSH harbiylari hamkor mamlakatni rivojlantirishga ko‘maklashadigan usullardan biri Milliy Gvardiyani qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi orqali amalga oshiriladi. Dastur xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSHning turli shtatlari milliy gvardiya bo‘linmalarini hamkor mamlakatlar bilan bog‘laydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500