Karvonsaroy

Toshkentdagi forum Markaziy Osiyodagi transport yo‘laklari muhokamasiga bag‘ishlandi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 20-sentyabr, payshanba kuni Toshkent Markaziy Osiyodagi transport yo‘laklari masalasiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanga mezbonlik qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Tadbirda 37 davlat, jumladan, Markaziy Osiyodan 300 dan ortiq mutaxassislar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va yetakchi transport kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanning asosiy maqsadi xalqaro donorlar va xorijiy investorlarni yangi loyihalarni amalga oshirish va mintaqada yangi transport yo‘laklarini barpo etishga rag‘batlantirish bo‘ldi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining transport va tranzit salohiyati, xalqaro yuk tashuvchi transport kompaniyalari uchun bojxona va chegara jarayonlarini takomillashtirish hamda axborot texnologiyalari, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500