Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-09-21

Moskvada 100 dan ortiq Markaziy Osiyolik migrant sababsiz hibsga olingan: huquq faoli

Karvonsaroy

MOSKVA – Moskva politsiyasi Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan o‘nlab mihojirlarni sababsiz hibsga olgan, deb xabar berdi 24.kg nashri juma (21-sentabr) kuni inson huquqlari faoli Valentina Chupikka asoslanib.

Huquq-tartibor organlari 112 kishini Moskvadagi Perovo politsiya idorasida ushlab turganlar, dedi Chupik.

Chupik migrantlarning 44 nafari – 19 qirg‘izistonlik, 14 tojikistonlik va 11 o‘zbekistonlik bilan gaplashishga muvaffaq bo‘lgan.

“112 nafar mahbusning uch nafarigina qonunbuzarlik sodir etgan, qolganlari milliy mansubligi sababli hibsga olingan”, deydi Chupik.

“Hibsda ushlab turish muddati o‘rtacha 8,5 soatni tashkil etgan”, dedi u. “Bir sutkadan ortiq oziq-ovqat va suvsiz ushlab turilganlar ham bo‘ldi, ayrimlarni esa 10 minutga qolmay qo‘yib yuborishdi, sababi men o‘sha yerda edim va barcha tegishli joylarga (huquqni himoya qilish tashkilotlari va OAVga) qo‘ng‘iroq qildim”.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha