Karvonsaroy

Suriyaga jangarilar yuborish bilan shug‘ullangan qirg‘iz fuqarosi qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) xorijiy hamkorlar bilan birgalikda xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zo ekanlikda ayblangan 23 yashar qirg‘izistonlikni hibsga oldi, deb xabar berdi 27-sentabr, payshanba kuni 24.kg nashri GKNB matbuot xizmatiga asoslanib.

Gumondor nomi ochiqlanmagan tashkilotga 5 yil davomida a’zo bo‘lgan, Suriyada janglarda ishtirok etgan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, gumondor guruh yetakchilarining buyruqlari asosida “yollanganlarni noqonuniy ravishda Suriya olib o‘tish bilan shug‘ullangan”.

“Gumondorning bevosita ishtirokida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan jami 100 dan ortiq odam urush hududlariga yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500