Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-01

Qirg‘izistonda pensiyalar miqdori oshiriladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Dushanba, 1-oktabrdan e’tiboran Qirg‘izistonda pensiyalar miqdorini oshirish haqidagi qaror kuchga kirdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Mamlakat bosh vaziri Muhammedkali Abilg‘oziyev tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, pensiyalari hajmi kun kechirish uchun zarur bo‘lgan eng oz miqdor – 4393 qirg‘iz so‘mini (63 AQSH dollari) tashkil etuvchi pensionerlar nafaqasi 350 so‘mga (5 AQSH dollari) oshirilgan.

Kam ta’minlangan fuqarolarni himoya qilishga qaratilgan mazkur chora 246 ming nafar qirg‘izistonlikka taalluqli bo‘ladi. Bu mamlakatdagi barcha pensionerlarning 38 foizini tashkil qiladi.

Shu tariqa Qirg‘izistonda o‘rtacha pensiya miqdori 5682 so‘mni (82 AQSH dollari) tashkil etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha