Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-01

Qirg‘istondagi tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasiga pul o‘tkazishda davom etmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Iyul oyi boshidan beri Qirg‘izistonning korrupsiyaga qarshi kurash milliy jamg‘armasi hisobiga 12 mln. qirg‘iz so‘midan (170 ming AQSH dollari) ortiq mablag‘ kelib tushdi, deb xabar beradi 24.kg nashri dushanba, 1-oktabr kuni.

Moliya vazirligi tomonidan 3-iyul kuni ochilgan hisob korrupsiya qarshi kurash davomida musodara qilingan pullar, jumladan, iqtisodiy yoki mansab bilan bog‘liq jinoyatlar tufayli davlatga yetkazilgan zararni undirishgan tushgan mablag‘larni saqlashga mo‘ljallangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash davlat xizmati jamg‘arma hisobiga 6,5 mln. qirg‘iz so‘miga (94 ming AQSH dollari) teng mablag‘ o‘tkazdi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

O‘tgan hafta Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi jamg‘armaga 5,8 mln. qirg‘iz so‘mi (84 ming AQSH dollari) tushirgan edi.

12-sentabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonning turli davlat tashkilotlaridan jamg‘arma hisobiga jami 395,6 mlrd. qirg‘iz so‘mi (5,7 mln AQSH dollari) kelib tushgan, deyiladi mamlakat moliya vazirligi xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha