TURKISTON, Qozog‘iston – AQSHlik ko‘ngillilar ingliz tilini o‘rgatish dasturi doirasida Qozog‘istonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Kazinform seshanba, 2-oktabr kuni.
Qozog‘iston hukumatining “English for zhastar” (Yoshlar uchun ingliz tili) dasturiga asosan, AQSH va Britaniyadan kelgan ko‘ngilli mutaxassislar qishloq maktablarida ingliz tilidan saboq beradilar.
Ingliz tili muallimlaridan ikki nafari Marko Perez va Ketrin Elliot Turkiston viloyatiga yetib kelganlar. Ular Tasariq va Taukent qishloqlari bolalariga 2 oy davomida ingliz tilini o‘rgatadilar.