Karvonsaroy

Yevropa banki O‘zbekistondagi faoliyatiga oid yangi strategiyani qabul qildi

Karvonsaroy

LONDON – O‘tgan haftada berilgan bayonotga ko‘ra, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) sentabr oyida O‘zbekiston bo‘yicha yangi besh yillik strategiyani tasdiqlagan.

Hujjatda YTTBning O‘zbekistondagi uchta asosiy strategik maqsadi alohida tilga olinadi. Bular – xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini kuchaytirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish; yashil energiya manbalarini rivojlantirishga ko‘maklashish; mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlikni va integratsiyani qo‘llab-quvvatlashdir.

Strategiyada “mamlakatdagi demokratik institutlarni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatining rolini oshirish, ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va ayollarning tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish” zarurligi ta’kidlangan.

O‘zbekiston hukumati o‘tgan yil fevral oyida boshlangan ishlohotlar, jumladan, “yanada ochiq va integratsiyalashgan bozor iqtisodiyoti modeli tomon harakatlanish, xalqaro munosabatlarni takomillashtirish, qonun ustuvorligi va sudlar daxlsizligini mustahkamlash va valyuta kursini erkinlashtirishga erishish orqali yangi strategiya sari qadam tashlagan”, deyiladi YTTB bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500