Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-04

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri mintaqaviy chegara muammolari bo‘yicha ijobiy o‘zgarishni qayd etdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida chegara hududlarini aniqlash bo‘yicha hamkorlik kengayib borayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Abdildayev bu haqda 4-oktabr, payshanba kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) parlament assambleyasining 17-kuzgi majlisi chog‘ida aytib o‘tgan. Uchrashuv 3-6-oktabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tmoqda.

“Qirg‘iziston mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikka katta ahamiyat qaratmoqda”, dedi u. “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar integratsiyani kuchaytirishi kerak. Hamkorlikning bu yo‘nalishida mintaqaviy infratuzilma taraqqiyoti ijobiy dinamika kasb etmoqda.”

Abdildayev Qirg‘iziston hukumati davlat chegaralarining huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi “ishonchli poydevor bo‘lishiga” ishonishi aytar ekan, “bu borada O‘zbekiston bilan muvaffaqiyatga erishilganini” ta’kidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha