Karvonsaroy

Qirg‘izistonda kelin o‘g‘irlash va uni o‘ldirishga gumonlangan shaxs o‘z aybiga qisman iqror bo‘ldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Burulay Turdaali qizini kelinlikka o‘g‘irlash va uni o‘ldirishda ayblangan shaxs o‘z qilmishini qisman tan oldi, deb yozadi 24.kg seshanba (9-oktabr) kuni.

Marsbek Bodoshev may oyida Chuy viloyatining Jayil tumanidagi qishloq ichki ishlar idorasiga ko‘rsatma berish uchun kelgan 20 yashar tibbiyot o‘quv yurti talabasi Turdaalli qizini pichoqlab o‘ldirishga ayblanmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, turmush qurishga majburlash maqsadida Turdaali qizini o‘g‘irlagan Bodoshev dastavval qizga, so‘ngra o‘ziga pichoq urgan. O‘z ishiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgani sababli kamida 23 nafar militsiya xodimiga nisbatan chora ko‘rilgan, ayrimlari ishdan bo‘shatilgan.

Bishkek shahar Sverdlovsk tuman sudida gumondor ustidan mahkama jarayoni boshlangan. Bodoshev o‘z aybini qisman tan olgan, u qizni o‘g‘irlaganini, ammo uni o‘ldirmaganini aytgan.

“Qilmishimga qisman iqrorman. Men uni o‘zining roziligi bilan o‘g‘irlaganman”, dedi u.

Komsomolskaya pravda nashriga ko‘ra, Bodoshev qotillik sodir etmaganini ta’kidlamoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500