Karvonsaroy

Toshkent har yili o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo savdo forumiga mezbonlik qiladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – 17-18-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yillik Markaziy Osiyo savdo forumida 1000 dan ortiq vakil ishtirok etishi kutilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan forum mavzusi “Savdo va sarmoyalarning yangi ufqlari” deb nomlanadi. Forum Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy va xalqaro savdoga nisbatan o‘sib borayotgan ochiqligini aks ettiradi, deb xabar beradi vazirlik.

Forum har yili Markaziy Osiyolik biznes yetakchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, mashhur mintaqaviy va xalqaro siyosiy hamda jamoat arboblarini bir joyga jamlaydi.

Tashqi savdo vazirligi va USAID O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi chog‘ida forumni joriy yilda Toshkentda o‘tkazishga kelishib olgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500