Karvonsaroy

AQSH Tojikiston chegara xavfsizligini mustahkamlash uchun 8 mln. dollarlik jihozlarni taqdim etdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston va AQSHning yuqori martabali rasmiylari o‘tgan hafta Dushanbe shahrida tojik xavfsizlik idoralariga umumiy qiymati 8 million AQSH dollaridan (75,3 million somoniy) oshadigan jihozlarni topshirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdilar, deyiladi AQSH elchixonasi bayonotida.

Qo‘shma Shtatlar “qurilish uskunalari, og‘ir qurilish texnikasi va taktik transport vositalarini” taqdim etdi, deb xabar berdi elchixona 5-oktabr kuni.

Taqdim etilgan jihozlar “chegarachilar va Mudofaa vazirligiga Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Xatlon viloyatidagi noqonuniy aylanma yo‘llar uchun zamonaviy to‘siqlar barpo etishga yordam beradi, taktik mashinalar esa hududning patrul nazoratini kengaytiradi”, deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko‘ra, o‘tgan 26 yil ichida, Qo‘shma Shtatlar Tojikistonga “1,8 milliard AQSH dollariga (16,9 milliard somoniy) teng yordam taqdim etgan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500