Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-16

Qirg‘iziston chegara rasmiylari harbiy xizmatchilarni tekshiruvdan o‘tkazdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati (GPS) joriy yilda chegarachilar tomonidan sodir etilgan noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan o‘ndan ortiq tekshiruvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi Asia-Plus nashri chegara xizmati rahbari Ularbek Sharsheyevga tayanib.

Sharsheyevning seshanba, 16-oktabr kuni jurnalistlarga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda Davlat chegara xizmati tomonidan harbiy xizmatchilarga nisbatan kamida 13 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “chegara posbonlaridan 25 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, 9 nafari esa chegara nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarga o‘tkazilgan”.

Chegarachilardan bir nechtasi Bishkek va Chuy viloyatidan Suriyaga jangarilar yuborishga ko‘maklashishda ayblangan. Ayni paytda ular tergov qilinmoqda, dedi Sharsheyev.

“Bir nechta harbiy xizmatchilar – nazorat-o‘tkazish punkti va smena boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Uch nafar gumondor Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov hibsxonasida saqlanmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha