Karvonsaroy

Afgʻoniston Termizda yangi konsulxona ochdi

Karvonsaroy

TERMIZ – Seshanba, 16-oktabr kuni o‘zbek va afg‘on rasmiylari Termiz shahrida Afg‘oniston bosh konsulxonasini ochdilar, deb xabar beradi AKIpress.

Shu kuni O‘zbekiston rasmiylari Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andisha bilan uchrashib, avval erishilgan kelishuvlarni ijrosini muhokama qildilar.

Andisha Termizdagi konsulxonaning ochilishi va Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ko‘magi uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500