Karvonsaroy

YI krediti O‘zbekistonda suv va energiya muammolarini hal qilishga yordam beradi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Yevropa investitsiya banki ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va sanoat sohasining energiya samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekistonga kredit ajratadi. Bu haqda bankning 15-oktabr kungi bayonotida ma’lum qilingan.

100 million yevrolik (946 mlrd. so‘m) kredit ichimlik suvi va oqova suv loyihalarini moliyalashga moʻljallangan boʻlib, Oʻzbekistonning tashqi suv zaxiralariga bogʻliqligini kamaytirishga yordam beradi. Ayni paytda Oʻzbekistonda isteʼmol qilinadigan suvning 80 foizi qoʻshni mamlakatlardan olinadi.

Yana bir 100 million yevrolik qarz O‘zbekiston hukumatiga oʻrta hamda xususiy sektor korxonalariga energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiyalarni oʻzlashtirish va bu bilan mamlakatdagi energiya isteʼmoli darajasini 2030-yilga qadar 50 foizgacha kamaytirishni ko‘zda tutadi.

Xabarda aytilishicha, har ikki loyiha Jahon Banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻz tillari kamlik qilyaptimi? Bu qullik

Javob berish