Karvonsaroy

Dushanbeda har yilgi Tojikiston-AQSH muzokaralari bo‘lib o‘tadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – AQSH davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi oʻrinbosari Emiliya Puma rahbarligidagi AQSH delegatsiyasi 23-oktyabr, seshanba kuni Dushanbeda Tojikiston rasmiylari bilan uchrashadi. Bu haqda Dushanbedagi AQSH elchixonasi xabar bermoqda.

Ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida yettinchi bor oʻtkaziladigan yillik maslahatlashuvlarda strategik aloqalar va hamkorlikning istiqboldagi yoʻnalishlari muhokama etiladi.

Bayonotga koʻra, zo‘ravonlik ekstremizmi va narkotrafikka qarshi kurash, mintaqaviy aloqalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish kabilar shular jumlasidandir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500