Karvonsaroy

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi sobiq jangarilarning Suriya va Iroqdan qaytishiga koʻmaklashadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston ichki ishlar vazirligi (IIV) Suriya va Iroqdagi sobiq tojik jangarilariga uyiga qaytishga yordam bermoqchi. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati yakshanba, 21-oktabr IIV nashriga tayanib xabar qildi.

IIVga qarashli “Qonun va Jomea” (“Huquq va jamiyat”) nashri vatanini qoʻmsagan tojikistonlik jangarilarni telefon yoki Viber, IMO, Telegram va WhatsApp kabi xabar almashish ilovalari orqali vazirlik bilan bogʻlanishga chaqirgan.

IIVga koʻra, ushbu murojaatlar sir saqlanadi, murojaat egasi tergov natijalaridan xabardor etiladi.

IIVga koʻra, aldov yoʻli bilan jangarilar safiga qoʻshilishga majburlangan tojikistonliklarga sud taʼqibisiz uyga qaytishga ruxsat berilishi ularni xudkush-terrorchilar sabab yuzaga kelgan umidsizlikdan xalos etadi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, IIV oʻtgan oyda toʻrt nafar tojikistonlik fuqaroning uyga qaytishiga yordam bergan.

RFE xabariga koʻra, 1100 dan ortiq tojiklar Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan, oʻtgan yillar davomida ularning kamida 300 nafari janglarda halok boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500