Karvonsaroy

Qozogʻiston Qostomarda “yashil qishloq” barpo etmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Oqmola viloyatining Qostomar qishlogʻida 100 mVt quvvatga ega yangi shamol elektr stantsiyasining qurilishi boshlandi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi viloyat ichki siyosat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan.

Ostona shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan “yashil qishloq” issiqxona gazlari chiqishini yiliga 230 ming tonnaga kamaytirishi kutilmoqda.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, loyihaning umumiy qiymati – 46 mlrd. tenge (130 mln. AQSH dollari).

Mahalliy iqlim sharoitlariga moslashtirilgan shamol elektr stansiyasi mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi. Qurilish ishlariga 300 nafar ishchi jalb qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500