Karvonsaroy

Qirg‘iziston hukumati ko‘milgan mashina topilganidan so‘ng terrorchilikka aloqador ishni qayta koʻrib chiqadi

Karvonsaroy

BOTKENT, Qirg‘iziston – Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) Botkent viloyatida terrorchilar tomonidan ko‘milgani gumon qilinayotgan mashinani topgan, deb xabar berdi 24-oktabr, chorshanba kuni AKIpress nashri.

GKNB xabariga koʻra, jinoyatchilar 2015-yilda badavlat fuqarolarni o‘marish uchun mazkur mashinadan foydalanganlar, oʻgʻirlangan pullar esa Suriya va Iroqda jang qilayotgan terrorchilik guruhlariga yuborilgan.

Mashina yer ostida 3 metr chuqurlikdan topilgan, deyiladi bayonotda. Jinoyatchilar mashinani 2015-yilda ko‘mganlari qo‘shimcha qilib o‘tilgan.

Gumondorlar O‘sh viloyatida bir fuqaroni o‘girlab, undan zoʻrlik bilan 1,3 million AQSH dollarini (90 million qirg‘iz so‘mi) tortib olganlar. Qurbonning o‘zi bu pullarni Qirg‘izistonga yashirincha olib kirgan.

Huquq-tartibot organlari oʻsha vaqtda yopilgan bu ishni qaytadan tergov qilishni boshlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500