Karvonsaroy

Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari AQSH bilan hamkorlikning oʻsib borayotganini qayd etdi

Karvonsaroy

OSTONA – Qoʻshma Shtatlar Qozogʻistonning asosiy investorlaridan biri boʻlib, mamlakatga 40 milliard dollardan (14 trillion tenge) ortiq investitsiya kiritgan. Bu haqda Qozogʻiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Asqar Mamin payshanba, 25-oktabr kuni Ostonada boʻlib oʻtgan Qozogʻiston-Amerika biznes-forumida maʼlum qildi, deb xabar beradi Kazinform.

“Prezident Nursulton Nazarboyevning shu yil yanvar oyida AQSHga muvaffaqiyatli tashfiri oʻzaro hamkorlik aloqalarining kengayishida yangi sahifa ochdi”, dedi Mamin.

“Natijada turli sohalar, jumladan, sanoat, moliya, aviatsiya, kompyuterlashtirish va boshqa koʻplab sohalarda umumiy qiymati 7 mlrd. dollarlik shartnomalar imzoladik, eng muhimi, yangi doʻstlar va sheriklar topdik”, dedi u.

“Ishonamizki, aloqalarning kengayishi oʻzaro hamkorlikning sheriklik, oshkoralik va ishonch ruhida rivojlanishiga olib keladi”, dedi Mamin.

Forumda AQSH savdo vaziri Wilbur Ross, Qozogʻistonda ilk marta roʻyxatdan oʻtgan AQSH savdo missiyasi aʼzolari va 20 dan ortiq Amerika kompaniyalari ishtirok etdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500