Karvonsaroy

Rossiyada terrorizmga aloqador jinoyatlarda ayblangan ikki qirgʻizistonlik sudlandi

Karvonsaroy

ROSTOV-DON, Rossiya – Rossiya sudi terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda ayblangan ikki qirgʻizistonlik ustidan hukm oʻqidi, deb xabar berdi Interfaks juma, 26-oktabr kuni.

Rostov-Don shahridagi Shimoliy Kavkaz harbiy okrug sudi Akramjon Abdullayev va Neʼmatjon Isroilovlarni mos ravishda 13 va 15 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqargan, deb xabar berdi sud matbuot xizmati.

Ular terrorchilik tashkilotini qoʻllab-quvvatlash va terrorchilik faoliyatini tashkillashtirishda ayblanganlar.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, bu ikki shaxs 2015-yildan beri “Hizbut tahrir” taqiqlangan tashkiloti aʼzolari boʻlib, Sevastopolda guruh gʻoyalarini targʻib qilib kelganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Vova (Vladimir Putinning qisqartirilgan ismi) Mirziyoyevni Afgʻonistondagi oʻyinlarida ishtirok etishga koʻndira olmaganidan keyin Rossiyada huquq tartibot idoralari tomonidan oʻzbeklarga qarshi choralar boshlab yuborildi. Tulada 300 ta oʻzbek migrantlari qoʻlga oldilar va oʻz kuchlarini butun dunyoga koʻz-koʻz qildilar. Tish-tirnoqlarigacha qurollanib olgan maxsus kuchlar himoyasiz ishchilarni, jumladan, ayollarni Tula koʻchalaridan idoragacha olib ketishini koʻrish achinarli. Hatto fashistlar ham urush yillarida oʻzbeklarga bunday munosabatda boʻlmagan. Yaqinlarini bu tarzda koʻrgan oʻzbeklar hech qachon ruslarning bu “mehmondoʻstligini” unutmaydi.

Javob berish