Karvonsaroy

Qozogʻistonda internet orqali terrorizmni tashviq qilish aybi bilan 10 kishi hibsga olingan

Karvonsaroy

OLMAOTA – Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) oʻtgan hafta oxirida internet orqali terrorizmni targʻib qilishda ayblangan 10 kishini qoʻlga oldi, deyiladi idoraning 29-oktabr (dushanba) kungi bayonotida.

Qoʻmita xodimlari dam olish kunlari Olmaota shahri hamda Oqmola, Olmaota va Qaragʻanda viloyatlarida tintuv ishlarini olib borgan, deb xabar bergan KNB.

Ayblanuvchilar ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish ilovalari yordamida “terrorchilikni targʻib qilish va diniy nafratni qoʻzgʻashga” urinishda gumonlanmoqda, deyiladi qoʻmita bayonotida. Soʻroq ostidagi chat guruhlari va onlayn hamjamiyatlarga Qozogʻistonning 15 viloyatidan 180 ga yaqin fuqaro aʼzo boʻlgan.

KNB qoʻlga olinganlarning terrorchilarni moliyaviy yoki boshqa yoʻl bilan qoʻllab-quvvatlagan yoki yoʻqligini aniqlash boʻyicha tergov boshlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500