Karvonsaroy

Suzib yuruvchi dokda yuz bergan avariya natijasida Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasiga shikast yetdi

AFP

MOSKVA – Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi taʼmirlash ishlari chogʻida ustiga kran agʻdarilib ketishi oqibatida shikastlandi. Voqea seshanba (30-oktabr) kuni Rossiyaning arktik mintaqasidagi Murmansk shahri yaqinida sodir boʻlgan.

PD-50 suzib yurivchi dokida “Admiral Kuznetsov” bilan sodir boʻlgan avariya natijasida 4 kishi jarohatlangan, 1 kishi bedarak yoʻqolgan, deb xabar berdi mahalliy rasmiylar va OAV. PD-50 dunyodagi eng yirik suzuvchi doklardan biri va Rossiyadagi eng yirigidir.

Mahalliy OAVga koʻra, kemani ushlab turgan suzuvchi dok suvga gʻarq boʻlgan.

“Admiral Kuznetsov” aviatashuvchi kemasi 1997-yildan beri ilk marta kapital taʼmirlanmoqda. Taʼmirlash ishlarini 2020-yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan boʻlib, harbiy kema 2021-yilda Rossiya harbiy dengiz kuchlari ixtiyoriga qaytishi koʻzda tutilgan.

1-mart kuni prezident Vladimir Putin federal kengashga yoʻllagan murojaatida Rossiya “yengilmas” qurollarning yangi avlodini yaratganini aytib maqtangan, kuzatuvchi va tahlilchilar esa bu daʼvoni rad etib, uni toʻqima va siyosiylashtilgan deb atagan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500