BISHKEK – Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) Suriyadagi terrorchi guruhlarni pul bilan taʼminlashda gumon qilingan 28 yashar qirgʻizistonlikni hibsga oldi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.
Gumonlanuvchi soxta pasportdan foydalangan holda jangarilarga taxminan 100 ming AQSH dollari (6,9 million qirgʻiz soʻmi) yuborgan, deb xabar berdi GKNB chorshanba (31-oktyabr) kuni.
U terrorizmni moliyalashtirish, diniy adovat qoʻzgʻash va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanib, 14-oktyabr kuni hibsga olingan.