Karvonsaroy

Tojikistondagi AQSH elchixonasi talabalar almashinuv dasturi boshlanganini eʼlon qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – AQSHning Tojikistondagi elchixonasi payshanba, 1-noyabrdan 2019-2020-yillar uchun talabalar almashinuvi boʻyicha global dasturga (Global UGRAD) arizalar qabul qilish boshlanganini maʼlum qildi.

Elchixona bayonotiga koʻra, dasturga AQSH davlat departamenti homiylik qiladi. Uning yordamida talabalar AQSH kolleji yoki universitetida darajaga ega boʻlmay, bir semestr davomida bepul taʼlim olishlari mumkin.

Dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad ishtirokchilarni Amerika jamiyati, madaniyati va taʼlim tizimi bilan tanishtirishdir. Shuningdek, talabalar jamoat ishlarida qatnashib, oʻz kasbiy mahoratlarini oshiradilar.

Dasturga kunduzgi bakalavr yoʻnalishida tahsil olayotgan Tojikiston fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500