Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-01

Qozog‘istonda Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan ishbilarmonlik islohotlarining reytingi yaxshilanmoqda

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – Qozog‘iston biznes yuritish qulayligi boʻyicha Jahon bankining global reytingida 190 davlat ichida 28-o‘rinni egalladi. Bu haqda 1-noyabr, payshanba kuni AKIpress xabar berdi.

Jahon Bankining 31-oktabr (chorshanba) kuni chop etilgan “Doing Business 2019” hisoboti natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston biznesni isloh qilish bo‘yicha 10 ko‘rsatkichdan oltitasida yuqorilagan va o‘tgan yilgi 36-pog‘onadan yuqoriroqqa ko‘tarilgan.

Bu indikatorlar qatorida biznesni boshlashdagi qulayliklar, qurilish uchun ruxsatnoma olish, shartnoma bajarilishini ta’minlash, to‘lovga layoqatsizlikni bartaraf etish, kredit olish, chegaralararo savdo va hokazolar kiradi.

Qozog‘iston kichik investorlarni himoya qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Bu reytingda Qirg‘iziston 70, O‘zbekiston 76 va Tojikiston 126-pog‘onadan oʻrin oldi. Yangi Zelandiya birinchi, Somaliya eng oxirgi o‘rinda joylashdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha