Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-01

Qirg‘iziston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish uchun xalqaro yordamga muhtoj

Karvonsaroy

BISHKEK – 1-noyabr, payshanba kuni prezident Sooronbay Jeenbekov xalqaro donorlarni Qirg‘izistonning milliy taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga koʻmaklashishga chaqirdi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

“Bizga hamkorlarning yordami zarur”, dedi Jeenbekov Bishkekda 50 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari va diplomatlar ishtirokida oʻtgan uchrashuvda.

Jeenbekovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston 1991-yil oʻz mustaqilligini e’lon qilganidan beri donor tashkilotlardan 401 ta loyihani amalga oshirish uchun 10 milliard AQSH dollari (697,1 millard qirg‘iz so‘mi) miqdorida yordam olgan.

U donorlar bilan hamkorlik qilish kengashini o‘z faoliyatini kuchaytirishga va donorlik ko‘magini muvofiqlashtirish bo‘yicha alohida agentlik tashkil etishga chaqirdi.

Jeenbekov keyingi yil bahor oylarida donorlar anjumani uchun rejalarni e’lon qilgan.

O‘z o‘rinda donorlar korrupsiyaga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi kerakligini ta’kidlab o‘tganlar.

“Ma’lumki, korrupsiya taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi”, dedi Qirg‘izistonning Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamkorlik bo‘limi rahbari Sharlotta Adrian majlis davomida.

“So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda muayyan yutuqlar kuzatilmoqda, ammo bu borada hali qiyinchiliklar mavjud”, dedi u. “Qonun ustuvorligini kuchaytirish ustida ishlash maqsadga muvofiq boʻlar edi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar 0

Captcha