http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/11/02/newsbrief-01

Atirauda xorijda bepul taʼlim olish imkoniyatlariga bagʻishlangan yarmarka boʻlib oʻtadi

Karvonsaroy

ATIRAU, Qozogʻiston – Atirau viloyat hokimiyati va Qozogʻiston xalqaro dasturlar markazi 12-13-noyabr kunlari Atirau shahrida xalqaro taʼlim yarmarkasini oʻtkazadi, deb xabar beradi Kazinform.

“Ikki kun davomida atirauliklar xorijiy universitetlar vakillari bilan uchrashib, xorijda bepul taʼlim olish imkoniyatlari bilan tanishish, shuningdek, mutaxassislardan taʼlimga oid maslahatlarni olish imkoniga ega boʻladilar”, dedi Qozogʻiston xalqaro dasturlar markazi rahbari Janbolat Meldeshov.

Tadbirda 40 mamlakatdan 200 ga yaqin hamkor-universitetar vakillari qatnashishi kutilmoqda. Ular, shuningdek, Ostona, Olmaota va Chimkent shaharlarida ham boʻladi.

Atirau viloyatidagi 2 universitet va 15 ta kollej bitiruvchilari, shuningdek, 5230 nafar abituriyent xorijda bepul taʼlim olish imkonini beruvchi 20 mingga yaqin grant uchun ariza topshirishlari mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha