Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-02

Qirgʻizistonda 9 nafar gumondor-terrorchi qoʻlga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) xalqaro terrorchilik tashkiloti aʻzosi ekanlikda gumon qilingan toʻqqiz kishini, shu jumladan, bir nechta xorij fuqarosini hibsga olgan. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi xabar berdi.

Gumondorlar – besh xorijlik va toʻrt Qirgʻiziston fuqarosi – 2017 yildan beri Suriya va Afgʻonistondagi nomaʼlum terrorchilik guruhlari uchun odam yollash bilan shugʻullanib kelgani va Qirgʻizistonda bir qator terrorchilik harakatlarini rejalagani taxmin qilinmoqda, deya xabar berdi GKNB 2-noyabr, juma kuni.

Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari bu ishni chet el xavfsizlik idoralari bilan hamkorlikda tergov qilmoqda.

Rasmiylarga koʻra, soʻnggi yillarda 500 ga yaqin qirgʻizistonlik Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” (ID) va boshqa terrorchilik guruhlari safiga qoʻshilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha