Karvonsaroy

Qirg‘iziston janubida USAID koʻmagida sutni qayta ishlash korxonasi ish boshladi

Karvonsaroy

O‘SH, Qirg‘iziston – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va AQSHning Qirg‘izistondagi elchisi Donald Lu 2-noyabr (juma) kuni sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxonaning ochilishida ishtirok etdi, deyiladi AQSH elchixonasi bayonotida.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va “Alaiku Organics” korxonasi zamonaviy korxonani barpo etish uchun 740 ming AQSH dollaridan (51 million qirg‘iz so‘mi) ortiq investitsiya kiritgan.

Yangi korxona janubiy Qirg‘izistonda sutni qayta ishlovchi eng katta korxona bo‘ladi. U yerda xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga mos ravishda kefir, tvorog, smetana, pishloq, saryog‘ va boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqariladi, deyiladi elchixona bayonotida.

Korxona kuniga besh tonnagacha sut yetkazib berishi kerak bo‘lgan 1500 ta mahalliy fermerlarning daromadlarini ham oshiradi.

“Alaiku Organics” korxonasi qish oylari davomida sut ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun texnik maslahatlar berish va yuqori sifatli ozuqa yetkazish orqali fermerlarga koʻmaklashadi”, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500