Karvonsaroy

Qirg‘izistonda yangi patrul militsiya boʻlinmalari tuziladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistondagi so‘nggi islohotlar natijasida shakllangan yangi militsiya boʻlinmalari jamoat xavfsizligi uchun masʼul boʻladi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Yangi tuzilma yo‘l harakati xavfsizligi hamda patrul va chegara xizmatlarining birlashuvi natijasida yuzaga keldi, deb xabar berdi prezident Sooronbay Jeenbekovning matbuot xizmati.

Yangi boʻlinmalar “nafaqat yo‘llardagi, balki belgilangan joylarda jamoat xavfsizligini saqlashga masʼul boʻladi”, deb maʼlum qildi Bishkekda joylashgan siyosatshunoslik va huquqshunoslik markazi rahbari Tamerlan Ibraimov 5-noyabr (dushanba) kuni Jeenbekov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari “doim o‘z hududlarida patrul nazoratini olib boradilar, jinoyatlarni aniqlab, ularni bartaraf etadilar”, dedi Ibraimov.

“Eng muhimi, patrul militsiyasi fuqarolarga yordam beruvchi ijtimoiy xizmatga aylanmoqda”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ishga kirish masalasida sizlar bilan qanday bog‘lanishim mumkin?

Javob berish