Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-05

Qozogʻiston Markaziy Osiyo uchun yangi aloqa sunʼiy yoʻldoshini hozirlamoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻiston Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistonga xizmat koʻrsatadigan yangi kommunikatsiya sunʼiy yoʻldoshini tayyorlamoqda. Bu haqda AKIpress 5-noyabr, dushanba kuni mudofaa va aviakosmik sanoat vazirligiga tayangan holda xabar qildi.

Qozogʻiston “KazSat-2” sunʼiy yoʻldoshini “KazSat-2R” bilan almashtirishni rejalashtirmoqda. 2011-yildan beri orbitada boʻlgan “KazSat-2” sunʼiy yoʻldoshining foydalanish muddati 2023-yilda oʻz nihoyasiga yetadi.

“Yangi sunʼiy yoʻldosh “Raqamli Qozogʻiston” hukumat dasturinini amalga oshirish doirasida sunʼiy yoʻldosh aloqasining belgilangan kanallarini taʼminlaydi”, deb xabar berdi vazirlik.

“Bu keng polosali internet, jumladan, mamlakatning chekka qishloqlarida, shuningdek, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi yakuniy foydalanuvchilar (davlat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, korporativ va xususiy sektor) uchun telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishni oʻz ichiga oladi”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha