Karvonsaroy

Qozogʻiston uy-joy qurilishi dasturini jadallashtiradi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻistonda uy-joy qurilishi dasturi oʻn minglab oilalarga yordam berdi, deb xabar qildi Kazinform Investitsiyalar va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbekning soʻzlaridan iqtibos keltirib.

Joriy yilning toʻqqiz oyi yakunlariga koʻra, “Nurli jer” davlat dasturi doirasida mamlakatda 8,8 mln. kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, dedi Kasimbek seshanba, 6-noyabr kuni vazirlar mahkamasi yigʻilishida.

“Bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga koʻp”, deb qoʻshimcha qildi u.

Vazirning soʻzlariga koʻra, 77 mingdan ziyod qozoq oilalari uy-joy sharoitlarini yaxshilab oldilar, shulardan taxminan 9,5 ming oila davlat mablagʻi hisobidan barpo etilgan uylarni sotib oldi.

Uy-joy qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 31,5 foizga oʻsdi va 818,9 mlrd. tengeni (2,21 milliard dollar) tashkil etdi.

Uy-joy qurilishi sohasiga yoʻnaltirilgan xususiy investitsiyalar hajmi davlat investitsiyalari hajmidan 8 barobar koʻp boʻlgan.

Uning soʻzlariga koʻra, joriy yilda kamida 12,1 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500