Karvonsaroy

Olmaotada marhum figurist Denis Ten xotirasi uchun yodgorlik taxtasi ochildi

Karvonsaroy

OLMAOTA – 7-noyabr (chorshanba) kuni marhum olimpiada figuristi Denis Ten tug‘ilgan va yashagan ko‘p qavatli bino devorida yodgorlik taxtasi oʻrnatildi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

2014-yil Qishki olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritgan Ten Qozog‘iston tarixida birinchi medal olgan figurist boʻlgan, u shu yilning iyul oyida Olmaotada mashinasining oynalarini o‘girlashga harakat qilgan ikki kishi tomonidan o‘ldirilgan edi.

Uning qotilligida ayblangan ikki gumondor qo‘lga olingan.

Marosimda Olmaota hokimi o‘rinbosari Arman Kirikbayev, qozog‘istonlik qo‘shiqchi Roza Rimbayeva va Tenni bir necha yil davomida Moskvada mashq qildirgan rossiyalik figurist trener Tatyana Tarasova ishtirok etganlar, deb xabar berdi Kazinform.

RFE/RL radiosi xabariga koʻra, Tarasova Tenni “ajoyib inson” deya taʼriflagan. U boshqa koʻplab davlatlarda yashashga imkoni bo‘lsa ham, Qozog‘istonda qolgan edi, dedi u.

“Uni deb Qozog‘iston qayerda ekanligini hamma bilib oldi”, degan u Tengri News nashri xabariga ko‘ra.

Rimbayevaning so‘zlariga ko‘ra, Ten vatanparvar, o‘z tengdoshlari uchun haqiqiy qahramon va o‘rnak bo‘ladigan inson edi.

Kazinform nashri xabariga ko‘ra, Ten sababli millionlab qozog‘istonliklar o‘z vatanlari bilan faxrlanganlar, dedi Kirikbayev. “Kelgusida qahramonimiz uchun uning oilasi bilan birga yodgorlik barpo etishni rejalashtirmoqdamiz. Yodgorlik bahorda oʻrnatiladi deb umid qilamiz.”

Shahar hokimiyati Ten xotirasi uchun yillik xalqaro musobaqani o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb qo‘shimcha qildi Kirikbayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500