Karvonsaroy

Qozogʻiston va Qirgʻiziston rasmiylari Ostonada xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Karvonsaroy

OSTONA – 7-noyabr kuni Ostonada Qirgʻiziston va Qozogʻiston xavfsizlik idoralari vakillari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va transchegaraviy jinoyatlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildilar, deb xabar beradi AKIpress.

Ishtirokchilar, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiqni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Kelgusi uchrashuvni Qirgʻizistonda oʻtkazishga kelishib olindi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500