http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/11/08/newsbrief-03

Oʻzbek va qirgʻiz rasmiylari chegara muammolari va jamoat xavfsizligini muhokama qildilar

Karvonsaroy

VODIL, Oʻzbekiston – Payshanba, 8-noyabr kuni Vodil qishlogʻida Qirgʻizistonning Botkent viloyati va Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati rasmiylarining uchrashuvi oʻtkazildi, deb xabar beradi AKIpress.

Tomonlar cherara hududlari va uning aholisi xavfsizligini, shuningdek, savdo sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlik, shuningdek, xalqaro miqyosda qidiruvda boʻlgan jinoyatchilarni hibsga olish boʻyicha qoʻshma choralarni kuchaytirishga oid kelishuv imzolandi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha