Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-08

Markaziy Osiyo jurnalistlari, tahlilchilari Ostonada OAV erkinligini muhokama qilishdi

Karvonsaroy

OSTONA – Markaziy Osiyoning besh davlatidan tashrif buyurgan vakillar va tahlilchilar Ostonada 7-8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 20-Markaziy Osiyo OAV anjumanida ishtirok etdilar, deb xabar berdi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) payshanba (8-noyabr) kuni.

Ikki kunlik anjuman YXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Harlem Désir tomonidan tashkillashtirildi.

“OAV mutaxassislari va OAV huquq himoyachilari o‘rtasida yuqori qiziqish, fikrlar almashish platformasi OAV hamjamiyati uchun biz uni 20 yil avval birinchi marotaba o‘tkazgan davrimizdek, hozir ham muhim ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘rsatmoqda”, dedi Désir.

Jurnalistlar hamda OAV, nodavlat va hukumatlararo tashkilotlar vakillari bilan bir qatorda xalqaro mutaxassislar va hukumat rasmiylari raqamli o‘zgarish zamonida OAV erkinligi, axborot sifatiga oid muammolarni muhokama qilishdi.

Ishtirokchilar “soxta yangiliklar”, dezinformatsiya, mintaqa davlatlari rivojlanishida OAV roli haqida so‘z yuritdilar.

Tahlilchilar va jurnalistlar foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent, faktlarni tekshirish vositalari, onlayn so‘z erkinligi va nafrat nutqlarini muhokama qilgan qo‘shimcha tadbirlarda ham ishtirok etishdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha