Karvonsaroy

Tojikistonda USAID koʻmagida agrobiznes sohasidagi yangi loyiha amalga oshiriladi

Karvonsaroy

XATLON, Tojikiston – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) 14-noyabr kuni Tojikistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan yangi besh yillik loyihani amalga oshirishga kirishdi, deb xabar berdi Dushanbedagi AQSH elchixonasi.

“Agrobiznes sohasidagi raqobatbardosh faoliyat” loyihasining Boxtar shahrida oʻtgan rasmiy ochilishida Xatlon viloyati hokimligi va xususiy sektorning 170 dan ortiq vakillari, jumladan, mahalliy tadbirkorlar va savdogarlar ishtirok etdilar.

USAID tomonidan moliyalashtirilayotgan mazkur loyiha Tojikiston fermerlari va ishlab chiqaruvchilarining biznes faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga koʻmaklashadi.

Loyiha “Tojikistonning qishloq xoʻjalik sektori, xususan, sutchilik va bogʻdorchilik sohasidagi raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish, bandlikni oshirish va fermerlarning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan”, deyiladi elchixona xabarida.

Loyiha Xatlon viloyatining 12 tumanida amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

USAID mahalliy biznes hamkorlariga “mukammalroq texnologiyalar, boshqaruv usullari va bozor munosabatlari” orqali samaradorlikni oshirishga yordam beradi va mamlakat agrobiznes sohasining ichki va xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshiradi.

Yangi loyiha AQSHning qashshoqlikka qarshi kurash boʻyicha “Feed the Future” xalqaro tashabbusi asosida ishlab chiqilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500