http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/11/14/newsbrief-03

Nazarboyev Ostona xalqaro birjasidagi savdolarni boshlab berdi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev chorshanba, 14-noyabr kuni Ostona xalqaro birjasi savdolarini ochib berar ekan, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga chaqirdi, deb xabar beradi Kazinform.

Hukumat “iqtisodiyotning 15 foizdan ortigʻini” boshqarmasligi kerak, dedi Nazarboyev Ostona xalqaro moliya markazi birjasining ochilish marosimida.

Qozogʻistonda keng koʻlamli xususiylashtirish jarayonining ikkinchi bosqichi boshlandi, dedi Nazarboev Ostona xalqaro birjasining xorijiy sarmoyani jalb etishdagi oʻrnini taʼkidlar ekan.

“Jahon uran bozorining 20 foizi mamlakatimiz hissasiga toʻgʻri keladi ... va talab faqat ortib boradi”, dedi u.

“Kelajakda biz “Kazaxtelekom”, “Air Astana”, “KazMunayGaz” va boshqa shu kabi milliy kompaniyalar aktivlarini sotuvga qoʻyish niyatidamiz”, dedi Nazarboyev.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha