Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-15

Tojikistonda YI koʻmagida oilaviy zoʻravonlik qurbonlariga yordam boʻyicha ishonch telefoni ishga tushdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistonda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida oilaviy zoʻravonlik qurbonlariga yordam berish markazi va ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda Tojikistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining payshanba, 15-noyabr kungi bayonotida maʼlum qilingan.

2017-yil may oyida boshlangan loyiha Tojikistonda gender zoʻravonligiga barham berish hamda inson huquqlari va gender tengligini mustahkamlashga qaratilgan.

Tojikistonning ayollar va oila masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Gender masalalari boʻyicha resurs markazi zoʻravonlikka uchragan shaxslarga bepul huquqiy yordam va psixologik koʻmak berish bilan shugʻullanadi.

Oilaviy zoʻravonlikdan aziyat chekkan fuqarolar maslahat uchun 1313 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin. Bu raqam Tojikistondagi barcha uyali aloqa operatorlari abonentlari uchun bepul.

Ishonch telefoniga murojaat qilganlar “huquqiy va gender masalalari boʻyicha mutaxassis, oiladagi zoʻravonlikka barham berish va gender tengligi boʻyicha psixolog yoki vaziyatga qarab, advokat bilan gaplashishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha