Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-16

Tojikiston va Qozog‘iston huquq-tartibot organlari xodimlari AQSH tomonidan moliyalashtirgan kurslarda terrorga qarshi kurash koʻnikmalarini oʻrgandi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston va Qozog‘iston huquq-tartibot organlari xodimlari Dushanbeda AQSH hukumatining moliyaviy koʻmagida o‘tkazilgan terrorga qarshi kurash kurslarida tahsil oldilar, deyiladi Tojikistondagi AQSH elchixonasining 11-noyabr (juma) kungi bayonotida.

“Xorijiy yollanma jangarilar – aniqlash va tergov” kursi davomida huquq-tartibot organlari oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlandi, xodimlar oʻzaro tajriba almashdilar va hududdagi xorijlik yollanma terrorchilarni aniqlash, kuzatish va tergov qilish boʻyicha oʻz ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

“Tojikistonliklar terrorchilik tashkilotlarining davlatga tahdidini juda yaxshi tushunadilar, ular sizning mamlakatdagi xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashingizga umid qiladilar”, dedi Tojikistondagi AQSH elchixonasining mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha zobiti Bari Ulrix huquqni muhofaza qilish xodimlariga. “Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning kuchayishi nafaqat hukumat, balki Tojikistonda yashayotgan barcha fuqarolar uchun strategik ahamiyatga ega.”

Oʻtkazilgan mashg‘ulotlar AQSH elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan Terrorga qarshi kurashda koʻmaklashish dasturi doirasidagi uchunchi kurs boʻldi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha