Karvonsaroy

Amerika-Qozogʻiston qoʻshma korxonasi qozoq fermerlari uchun serhosil urugʻlik yetishtirib beradi

Karvonsaroy

OSTONA – Amerikaning Baumgartner Agricultural Science and Service (BASIS) va Qozogʻistonning Kusto Group kompaniyalari hamkorlikda urugʻ yetishtirish boʻyicha kelishuv imzoladi, deb xabar berdi AKIpress dushanba (19-noyabr) kuni.

Memorandumga koʻra, KAZSEED deb nomlangan qoʻshma korxona genetik oʻzgartirilmagan yem-xashak ekinlarini yetishtirishda eng yangi texnologoyalardan foydalanadi.

Sifatli, iqlimga moslashtirilgan urugʻliklar avval qozogʻistonlik fermerlarga taklif etiladi, soʻngra qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinadi. Loyiha fermerlarning sarf-xarajatlarini kamaytirish va mamlakat boʻylab mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan.

Yuqori hosildorlikka ega gibrid urugʻlarni yetishtirishga ixtisoslashgan BASS ilmiy-tadqiqot firmasi birinchi yili KAZSEED kompaniyasiga 25 mln. AQSH dollariga (9,1 mlrd. tenge) teng sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500