Karvonsaroy

Tojik prokurori xorijlik velosayyohlarning qotiliga uchun umrbod qamoq jazosi berilishini soʻramoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston davlat prokurori iyul oyida Tojikiston janubida 4 nafar xorijlik velosayyohning oʻldirilishi bilan bogʻliq voqeaning asosiy gumondoriga umrbod qamoq jazosi berilishini soʻramoqda. Bu haqda dushanba (19-noyabr) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi sud jarayonidan qatnashayotgan manbaga asoslanib xabar qildi.

Yopiq tarzda oʻtayotgan sud majlisida 15 ayblanuvchi qatnashmoqda. Prokuror dushanba kuni umrbod qamoq jazosi berilishini soʻragan, deb xabar qildi manba.

Oʻldirilgan xorijlik sayyohlar guruhi ikki amerikalik (erkak va ayol), bir Daniya va bir Shveytsariya fuqarosidan iborat boʻlgan. Ular 29-iyul kuni oʻldirilgan boʻlib, jinoyatchilar ularni mashina bilan urib, soʻngra pichoqlaganlar. Ikki xorijlik hujumdan omon qolgan.

Hujumni amalga oshirgan shaxslardan faqat bittasi – Husayn Abdusamadov tirik qolgan. Prokuror unga umrbod qamoq jazosi berilishini soʻramoqda. Qolgan 4 jinoyatchi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan oʻldirilgan. Yana 14 nafar sudlanuvchi jinoyatga sherik boʻlganlikda ayblanmoqda.

Sud tez orada oʻz hukmini eʼlon qilishi kutilmoqda.

Hujum uchun masʼuliyatni “Islom davlati” (ID) guruhi oʻz zimmasiga olgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500