Karvonsaroy

Tojik va oʻzbek parlamentariylari Dushanbeda oʻzaro hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston va Oʻzbekiston parlamentlarining yetakchi aʼzolari 20-noyabr kuni Dushanbe shahrida ikki mamlakat oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildilar, deb xabar beradi Asia-Plus.

Oʻzbekiston parlamentining qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov va boshqa deputatlar dushanba, 19-noyabr kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Dushanbega kelganlar. Bu Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasining Tojikistonga ilk tashrifi boʻldi.

Tojikistonlik deputat Muhammadato Sultonovga koʻra, Ismoilov va uning tojikistonlik hamkasbi Shukurjon Zuhurov parlamentariylar oʻrtasidagi yaqin munosabatlar ikki mamlakatning oʻzaro iqtisodiy, gumanitar va madaniy hamkorligini mustahkamlashiga umid bildirgan.

Oʻtgan yili Dushanbe va Toshkent umumiy qiymati 730 million dollarlik 180 dan ziyod bitim va shartnomalarni imzoladi, deb qayd etgan Zuhurov.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qabulida ham boʻladi va Nurek gidroelektrostantsiyasi, “TALCO” kabel zavodi, Tojikiston milliy kutubxonasi va Dushanbe shahridagi “Koʻhi Navroʻz” davlat majmuiga tashrif buyuradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500