Karvonsaroy

AQSH elchixonasi qozoq jurnalistlariga ingliz tilini oʻrgatish dasturini amalga oshiradi

Karvonsaroy

OSTONA – Ostonadagi AQSH elchixonasi va Qozogʻiston Britaniya kengashi qozoq jurnalistlari uchun ingliz tilini oʻrganish dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda elchixonaning 21-noyabr kungi bayonotida maʼlum qilingan.

12 oylik dastur 11-fevral kuni Olmaota, Ostona, Aqtoʻbe, Oqtov, Chimkent, Qaragʻanda, Ust-Kamenogorsk va Qustanay shaharlarida boshlanadi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 11-dekabr. Elchixona tanlangan ishtirokchilarni 2019-yil 25 yanvarga qadar xabardor qiladi.

Dasturdan koʻzlangan maqsad – “Qozogʻiston jurnalistlarining kasbiy mahoratini oshirish va uch tilli jamiyatni barpo etishda ularning ingliz tiliga oid bilimlarini mustahkamlashdir”, deyiladi xabarda.

Dastur davomida qozoq jurnalistlari ingliz tilini oʻrganibgina qolmay, balki ingliz tilini bilish talab etiladigan amaliy jurnalistik mashgʻulotlarni ham oʻtadilar.

Qozogʻiston ommaviy axborot vositalarining mustaqil va shtatli xodimlari ingliz tili bilimlari boʻyicha minimal talablarga javob bermasalar ham, dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Elchixona maʼlumotlariga koʻra, 2016-yildan beri ingliz tilini professional oʻrganish dasturida 200 dan ortiq qozogʻistonlik jurnalist ishtirok etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500