Karvonsaroy

Xorijlik velosayyohlarni oʻldirgan tojikistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Chorshanba (21-noyabr) kuni Tojikiston sudi iyul oyida mamlakat janubida 4 nafar xorijlik velosayyohlarning oʻldirilishi bilan bogʻliq voqeaning asosiy gumondorini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Husayn Abdusamadov mamlakat jinoyat kodeksining 9 moddasi, jumladan, “zoʻravonlik bilan sodir etilgan qotillik”, diniy ekstremizm va noqonuniy jangarilik faoliyati uchun odam yollashda aybdor deb topilgan.

Qotillik 29-iyul kuni sodir etilgan, jinoyatchilar xorijlik velosayyohlarni oʻz mashinalari bilan urib, soʻngra ularni pichoqlagan edilar.

Abdusamadov qotillikda ayblanganlar ichida omon qolgan yagona jinoyatchidir. Qolgan toʻrt jinoyatchi kuch tuzilmalari tomonidan oʻldirilgan edi. Qotillik bilan bogʻliq javobgarlikni “Islom davlati” (ID) guruhi oʻz zimmasi olgan.

Yopiq tarzda oʻtgan sud jarayonida boshqa 14 nafar ayblanuvchi ham qatnashgan, ular qotillikni sodir etishda bevosita ishtirok etmagan boʻlsa-da, jinoyatga sheriklikda ayblangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500